Kafolat

Pul qaytarish siyosati

MaxSavdo obunasi uchun toʻlangan mablagʻni qaysi hollarda va qanday qaytarib olish mumkinligi.

Qaysi hollarda pul qaytariladi

Xizmat texnik sabab bilan koʻrsatilmagan boʻlsa — masalan doʻkon ishga tushmagan yoki funksiya butunlay ishlamagan boʻlsa.

Toʻlov xato yoki takroran amalga oshirilgan boʻlsa.

~10 ish kuni

Qaytarish muddati

Soʻrov koʻrib chiqilgach, mablagʻ toʻlagan usulingizga (karta) qaytariladi — aniq muddat bank va toʻlov tizimi qoidalariga bogʻliq.

Qaytarilmaydigan holat

Foydalanib boʻlingan obuna davri uchun mablagʻ qaytarilmaydi. Bu — doʻkonni yoqtirmasangiz istalgan vaqtda pul qaytadigan shartsiz kafolat emas, faqat texnik nosozlik yoki toʻlov xatosi holatlari uchun.