Telegramda elektronika doʻkoni qanday ochiladi
Telegramda elektronika doʻkoni ochish uchun @maxsavdo_bot da doʻkon yaratib, har mahsulotga rasm, narx va xotira yoki rang variantlarini qoʻshasiz. Xarakteristika va kafolat shartini tavsifda yozasiz. Narxni bot orqali istalgan vaqt oʻzgartirasiz va u doʻkonning hamma joyida birdan yangilanadi. Sotuvdan komissiya olinmaydi, faqat oylik obuna.
Telegramda elektronika doʻkoni ochish
Botga kirish
@maxsavdo_bot ni ochib «Boshlash» ni bosasiz; kirish Telegram akkaunti orqali, SMS kodsiz.
Doʻkon nomi
Doʻkon nomini kiritasiz, bot shop.maxsavdo.uz/sizning-dokon havolasini yasaydi.
Mahsulot va variantlar
Har modelga rasm, nom va narx qoʻshasiz; xotira hajmi yoki rang variant boʻladi, har birining oʻz narxi va qoldigʻi bor.
Xarakteristika va kafolat
Tavsifga asosiy xarakteristikalarni, holatini (yangi yoki ishlatilgan) va kafolat muddatini yozasiz.
Yetkazish va toʻlov
Yetkazish hududi, narxi va toʻlov turlarini sozlamalarda koʻrsatasiz.
Elektronika savdosida nima muhim
Elektronikada xaridor koʻp solishtiradi: narx, xotira, rang, kafolat. Eng koʻp beriladigan savollar — «narxi qancha» va «bormi». Kartochkada narx, variant va qoldiq koʻrinib tursa, bu savollar yozishmaga tushmaydi.
- Har variant (xotira, rang) uchun alohida narx va qoldiq
- Asosiy xarakteristikalar roʻyxat koʻrinishida
- Holati: yangi, ishlatilgan yoki qayta tiklangan — aniq yozing
- Kafolat muddati va kim beradi: siz, ishlab chiqaruvchi yoki servis markaz
Narx tez oʻzgarsa
Elektronika narxi valyuta kursiga qarab tez-tez oʻzgaradi. MaxSavdo da narxni bot orqali oʻzgartirasiz va u mini-ilova hamda sayt-vitrinada birdan yangilanadi — Instagram postlaridagi eski narxni birma-bir tahrirlash kerak emas.
Pro tarifida yangi mahsulot qoʻshilganda Telegram kanalga post avtomatik chiqadi.
Telegram-doʻkon yoki marketpleys
Marketpleys xaridor oqimini beradi, lekin har sotuvdan ulush oladi va mahsulotingizni raqobatchilar yonida koʻrsatadi. Elektronikada marja odatda past, shuning uchun komissiya sezilarli boʻladi. Oʻz Telegram-doʻkoni fiksatsiya qilingan obuna bilan ishlaydi, lekin trafikni oʻzingiz olib kelasiz. Ikkalasini parallel yuritish mumkin — batafsil Telegram-doʻkon yoki Uzum taqqoslamasida.